Rossiya Kiyevga zarba berdi: ikki kishi halok bo‘ldi
Rossiya harbiy kuchlari 11 sentyabr kuni Kiyevga dronlar orqali hujum qildi. Hujumlar oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi jarohat oldi.
Kiyevning Dnepr tumanidagi to‘qqiz qavatli uyga dron urilishi oqibatida yong‘in chiqdi. Jabrlanganlardan olti nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, Obolon tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi ikki marta zarbaga uchragan. Kiyev meri Vitaliy Klitschkoning ma’lum qilishicha, hujumlar natijasida ikki kishi halok bo‘lgan.
Kiyev viloyatining Bucha yaqinidagi omborda ham yong‘in sodir bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi
Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, д
