Rossiya Isroilning Suriyadagi havo hujumlarini qoraladi

Rossiya Isroilning Suriyadagi havo hujumlarini qoraladi

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Isroilning Suriya hududiga havo hujumlarini qat’iyan qabul qilib bo‘lmas deb atadi.

"Isroilning SAR hududiga zarbalarini davom ettirishni qat’iyan qabul qilib bo‘lmaydi. Biz Suriya suvereniteti va xalqaro huquqning asosiy me’yorlarini buzuvchi bunday mas’uliyatsiz harakatlarni keskin qoralaymiz va ularni so‘zsiz to‘xtatishni talab qilamiz", - dedi Zaxarova Rossiya Tashqi ishlar vazirligi veb-saytidagi izohida.

2 iyul kuni Isroil harbiy samolyotlari Suriya Arab Respublikasining Tartus provinsiyasidagi nishonlarni bir necha raketa bilan o‘qqa tutdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, havo hujumi natijasida ikki tinch fuqaro jarohatlangan. Fuqarolik infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!