Rossiya Germaniyaning qaroriga javoban 40 nafar nemis diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi

Rossiya Germaniyaning qaroriga javoban 40 nafar nemis diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya elchisini chaqirib, rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi munosabati bilan unga norozilik bildirdi. Shuningdek, Moskva javob chorasi sifatida Germaniyaning Rossiyadagi diplomatik missiyalarining 40 nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya Germaniya tashqi ishlar vaziri Anna Berbokning rossiyalik diplomatik xodimlari “Germaniyada demokratiya va nemis jamiyati birligiga putur yetkazish bo‘yicha faoliyat olib borishgan”i haqidagi bayonotini qabul qilib bo‘lmas deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi Berlinni Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasi haqidagi "fikrlari" uchun qoraladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!