Rossiya fuqarolari bilan jinoiy til biriktirgan O‘zbekiston fuqarolariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Rossiya fuqarolari bilan jinoiy til biriktirgan O‘zbekiston fuqarolariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan fuqarolar I.Siddikov va A.Abdugaffarovlar Rossiya Federasiyasi fuqarolari bilan til biriktirib, vakolatlari bo‘lmasa-da, fuqaro A.Ro‘zmatzodaga Rossiya Federasiyasida faoliyat ko‘rsatuvchi “Lukoyl” kompaniyasining dilerligini olib berishni va’da qilishib, A.Ro‘zimatzodaga tegishli bo‘lgan “Vodiy Grand Optima” MCHJ balansida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda I.Sidikov, A.Abdugafarovlar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayb e’lon qilingan va "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!