Rossiya Federasiyasidan o‘g‘irlangan mashina Toshkentda to‘xtatildi

Rossiya Federasiyasidan o‘g‘irlangan mashina Toshkentda to‘xtatildi

2019 yil 1 mart kuni Davlat Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent tumanidagi G‘isht-Ko‘prik bojxona chegara postida Hyundai Solaris rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganida, ushbu avtomashina Rossiya Federasiyasidan o‘g‘irlanganligi aniqlangan va avtomashinani boshqarib ketayotgan A.G‘. qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan Rossiya Federasiyasiga xabar berilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!