"Rossiya Federasiyasi o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqmaguncha Ukrainada tinchlik o‘rnatish mumkin emas"

"Rossiya Federasiyasi o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqmaguncha Ukrainada tinchlik o‘rnatish mumkin emas"

"Rossiya Federasiyasi o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqmaguncha Ukrainada tinchlik o‘rnatish mumkin emas", — deydi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Samarqanddagi tashrifi chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Rossiya tinchlikni ta’minlashi kerak, agressor barqaror tinchlikni istasa, ketishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, 17–18 noyabr kunlari Samarqandda "Evropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo" formatida vazirlar uchrashuvi hamda "Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqa: Barqaror rivojlanishning global darvozasi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirlarda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlari, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha rahbari Jozep Borrel, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning yuqori martabali rasmiylari, xalqaro moliya institutlari, xususiy sektor vakillari, ekspertlar doiralari ishtirok etmoqda.

Vazirlar yig‘ilishida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida iqtisodiyot, savdo, sarmoya, atrof-muhit, suv, iqlim, zamonaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish yo‘llari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!