Rossiya Yevropa davlatlaridagi kuzatuv kameralariga buzib kirmoqda

Rossiya Yevropa davlatlaridagi kuzatuv kameralariga buzib kirmoqda


Rossiyaga aloqador hakerlar NATO davlatlari va Ukrainadagi fuqarolik IP kameralariga tizimli ravishda buzib kirmoqda. Ular shu tariqa Kiyevga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘ va harbiy yuklar yo‘nalishini kuzatmoqda. Bu haqda Niderlandiya razvedka va xavfsizlik xizmatlari xabar berdi.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, “Rossiyaning keng ko‘lamli amaliyoti” harbiy texnikalarni tashish yo‘llari bo‘ylab o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga qaratilgan. Hakerlar ularga buzib kirish uchun internetga ulangan, korxona va uylarda qo‘llanadigan ushbu qurilmalarning zaif jihatlaridan foydalanadi. Qurilmalarda standart parollardan foydalanish, ularga eskirgan dasturiy ta’minot va oddiy xavfsizlik sozlamalari o‘rnatilgani hakerlar ishini osonlashtirmoqda.

Buzib kirilgan qurilmalar orasida Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishda muhim tranzit markazi hisoblangan Niderlandiyaning o‘zidagi harbiy-logistika yo‘nalishlarida joylashgan kameralar ham bor. Mamlakatning geografik joylashuvi va Kiyevni ta’minlashdagi roli uni Rossiya razvedka amaliyotlarining asosiy nishonlaridan biriga aylantirmoqda.

Buyuk Britaniya razvedka xizmatlari ham 2025 yil bahorida Rossiya maxsus xizmatlari Ukrainaga yetkazilayotgan G‘arb harbiy yordamini kuzatish uchun chegaralar va harbiy ob’ektlar yaqinidagi turli kameralarga buzib kirayotgani haqida ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi

Space X компанияси эгасига бундай илтимос била