Rossiya elchixonasida Suriyadagi zilzilalarda halok bo‘lgan rossiyaliklar haqida ma’lumotlar yo‘q

Rossiya elchixonasida Suriyadagi zilzilalarda halok bo‘lgan rossiyaliklar haqida ma’lumotlar yo‘q

Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi matbuot kotibi Daniil Sipchenko “Rossiya 24” telekanali efirida Rossiya diplomatik missiyasida Suriyadagi zilzilalar natijasida halok bo‘lgan rossiyaliklar haqida ma’lumotlar yo‘qligini aytdi.

“Suriyada yashovchi Rossiya fuqarolari orasida qurbon bo‘lganlarga kelsak, bizda bunday ma’lumotlar yo‘q. Biz Suriyadagi vatandoshlarimiz bilan aloqada bo‘lib turamiz, ular bizga fuqarolarimiz orasida qurbonlar yo‘qligini tasdiqlashmoqda”, — deya uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!