Rossiya Dushanbe va Kobul o‘rtasidagi keskinlikdan xavotirda

Rossiya Dushanbe va Kobul o‘rtasidagi keskinlikdan xavotirda


Moskva Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlarining umumiy chegaraga tortib kelinayotgani haqidagi xabarlarni qayd etmoqda. Bu haqda Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Zaysev ma’lum qildi.

“Ikki mamlakat yetakchilarining ikki tomonlama keskin bayonotlari ortidan afg‘on-tojik munosabatlarida keskinlik o‘sayotganini xavotir bilan kuzatyapmiz”, - dedi Zaysev.

U ikki tomon qo‘shinlarining tojik-afg‘on chegarasiga tortib kelinayotgan haqidagi xabarlar Moskvaning xavotiriga sabab bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.

“Dushanbe va Kobulni yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solishning o‘zaro ma’qul bo‘ladigan yo‘llarini izlashga chaqiramiz”, - dedi Rossiya TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi hukumatni egallab olgan “Tolibon”* radikal harakati Tojikiston bilan chegaradagi Taxor viloyatiga minglab maxsus xizmat jangchilarini yuborgan edi.

Bundan tashqari, “Tolibon” harakati tomonidan tashkil etilgan Afg‘oniston hukumati raisi o‘rinbosari vazifasini ijro etuvchi Abdul G‘ani Barodar Tojikiston mamlakat ichki ishlariga aralashyotganini ma’lum qilgan.

Kuni kecha Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afg‘oniston bilan chegaradosh Darvoz tumanidagi harbiy paradda ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!