Rossiya bolasini yig‘lagani uchun o‘ldirgan juftlik 28 yilga qamaldi

Rossiya bolasini yig‘lagani uchun o‘ldirgan juftlik 28 yilga qamaldi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida juftlik bola qotilligi uchun umumiy hisobda 28 yilga qamaldi. Ma’lum bo‘lishicha, ular bolakayni kaltak yordamida yig‘idan to‘xtatishga harakat qilganlar.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasi xabar bermoqda.

Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 13 mart kuni ona yig‘lashni boshlagan o‘g‘lining boshiga ikki marta qo‘li bilan zarba bergan va o‘ng soniga oyog‘i bilan tepgan.

Zarbalar natijasida bolakay sog‘lig‘iga jiddiy putur yetgan, tana a’zosi singan.

31 mart kuni, bolakay uzoq muddat yig‘lab, juftlikka dam olishga halal berganida, erkak qalin temir bilan, ayol esa taxta bilan bola boshiga zarba beradi.

Shundan so‘ng bola yig‘idan to‘xtaydi.

Yarim kech bo‘lganida, bolakay "miq etmay qo‘ygach" juftlik tez tibbiy yordam brigadasini chaqiradi. Kelgan shifokorlar bolakay nobud bo‘lganini, o‘lim holati olingan bosh-miya jarohatlari tufayli yuz berganini qayd etishadi.

Ona 16 yilga , uning xushtori esa 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi, shuningdek, erkakka qo‘shimcha tarzda psixiatr ko‘rigidan o‘tish tayinlandi.

Ikkalasi ham jazoni qat’iy rejimdagi koloniyada o‘tashi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!