Rossiya, AQSh va Xitoy yadroviy sinovlarni qayta boshlashi mumkin

Rossiya, AQSh va Xitoy yadroviy sinovlarni qayta boshlashi mumkin

Rossiya, AQSh va Xitoy so‘nggi bir necha yil ichida yadroviy inshootlarini modernizasiya qilmoqda. Bu haqda CNN sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahliliga tayanib xabar berdi.

Olingan ma’lumotlarga qaraganda, Xitoydagi Shinjon yadro poligonida, AQSh Nevada cho‘lida va Shimoliy Muz okeanidagi Rossiyaga tegishli Novaya Zemlya arxipelagida yangi yadro ob’ektlari paydo bo‘lgan.

Yadro qurollarini tarqatmaslikni o‘rganish markazi professori Jeffri Lyuis so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch-besh yil ichida ushbu hududlarda yangi tunnellar, yo‘llar va omborxonalar qurilgan, shuningdek, transport vositalari harakati jadallashgan.

«Biz Rossiya, Xitoy va AQSh yadroviy sinovlarni qayta boshlashi mumkinligi haqida ko‘p ishoralarni ko‘ryapmiz», dedi Lyuis.

1996 yilda Yadro sinovlarini to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganidan beri ushbu davlatlarning hech biri yer osti yadro sinovlarini o‘tkazmagan. Xitoy va Qo‘shma Shtatlar shartnomani imzoladi, lekin uni hech qachon ratifikasiya qilmadi. Rossiya esa uni imzoladi va ratifikasiya qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!