Rossiya Afg‘onistonga sayohat qilish taqiqlamoqda

Rossiya Afg‘onistonga sayohat qilish taqiqlamoqda

Rossiyaliklarga harbiy-siyosiy vaziyatdagi keskinlik darajasi oshib borayotgani sababli Afg‘onistonga tashrif buyurish tavsiya etilmaydi, bu Rossiya tashqi ishlar vazirligi konsullik departamentining xabarida aytilgan.

«Harbiy-siyosiy vaziyatning kuchayib borishi munosabati bilan biz Rossiya Federasiyasi fuqarolaridan sayyohlik maqsadida Afg‘oniston Islom Respublikasiga sayohat qilishni qat’iy rad etishini so‘raymiz», – deyiladi xabarda.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ushbu tavsiyanomaga ISHID (Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot – IF) va boshqa xalqaro terroristik tashkilotlarning faolligi va shaharlardagi jinoyatchilik holati yomonlashayotgani sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!