Rossiya 963 nafar Amerika rasmiylarining "qora ro‘yxati"ni e’lon qildi

Rossiya 963 nafar Amerika rasmiylarining "qora ro‘yxati"ni e’lon qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat hududiga kirishi taqiqlangan 963 nafar Amerika fuqarolar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Jo Bayden, Kamala Xarris va boshqalar bor. To‘liq ro‘yxat TIV saytida keltirilgan.

"Qo‘shma Shtatlar tomonidan doimiy ravishda qo‘llanilayotgan sanksiyalarga va bizni fuqarolarni stop-ro‘yxatga kiritish uchun jo‘natilayotgan so‘rovlar munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga kirishi doimiy ravishda taqiqlangan Amerika fuqarolari ro‘yxatini e’lon qiladi", - deyilgan vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu cheklovlar faqatgina "javob chorasi" ekanini hamda ular oddiy amerikaliklarga qarshi qaratilmaganini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Bayonotda aytilishiga ko‘ra, Rossiya qarshi sanksiyalari faqat butun dunyoda qandaydir "qoidalarga asoslangan" neokolonial tizim o‘rnatishga urinayotgan AQSh boshqaruv sinfiga qarshi qaratilgan va ularni yangi geosiyosiy voqelikni tan olishiga va o‘z xulqini o‘zgartirishiga undashni maqsad qilgan.

Rossiya qarama-qarshilikka intilmaydi va o‘zaro hurmatga asoslangan halol muloqot uchun har doim ochiq. Biz doimo Amerika xalqiga hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz. Rusofobiya qo‘zg‘atishga urinayotgan AQSh rasmiylari va ularga xizmat qilayotganlar esa ushbu "qora ro‘yxatga" kiritilgan, - deyiladi TIV bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!