Rossiya 77 AQSh fuqarosi uchun mamlakatga kirishni yopdi

Rossiya 77 AQSh fuqarosi uchun mamlakatga kirishni yopdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya rasmiylarining 77 nafar AQSh fuqarosining Rossiyaga kirishini to‘xtatish qarorini e’lon qildi, ularning muhim qismi gubernatorlar va AQSh davlat kotiblari.

«Vashington tomonidan shaxsiy sanksiyalar qo‘llanilayotgan Rossiya fuqarolari ro‘yxatini kengaytirish davom etayotganiga javoban, 77 nafar amerikalik uchun Rossiya Federasiyasiga kirish butunlay yopiq», — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Unda qayd etilishicha, «stop ro‘yxati»ga shtatlardagi davlat idoralari, qator federal departamentlar, shuningdek, Kiyevga qurol yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar rahbarlik qilayotgan AQSh fuqarolari ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!