Ronalduning yo‘li endi ochiq

Ronalduning yo‘li endi ochiq

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduning ketishiga qarshi emas.

The Telegraph xabariga ko‘ra, avvalroq hujumchini jamoada olib qolmoqchi bo‘lgan niderlandiyalik mutaxassis fikridan qaytgan va boshqa klubdan yaxshi taklif tushsa, transferga to‘siq qo‘ymaydi.

Ronalduning o‘zi yaqin kelajakda u ko‘proq o‘yin vaqtini olishiga, keyin esa JCH-2022da yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga umid qilmoqda. Bu, uning fikricha, yanvarda Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tish imkoniyatini oshirishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!