Ronalduning keyingi manzili Turkiya bo‘ladimi?

Ronalduning keyingi manzili Turkiya bo‘ladimi?

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yanvar oyidagi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Futbolchiga Turkiya chempionatida da’vogar bor, deb xabar bermoqda Fotomac nashri.

Manba tarqatgan xabarga ko‘ra, 37 yoshli to‘purarga Istanbulning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda. Turkiyaning top-klubi o‘tgan yozda Ronalduga qiziqish bildirgandi, biroq o‘sha paytda kelishuv yakunlanmay qolgandi. “Arslonlar” kelayotgan qishda yana bir urinib ko‘rishadi.

Ronalduning o‘zi avvalroq "Manchester Yunayted"dan ketish niyati borligini ma’lum qilgandi, biroq u o‘ziga mos klub topa olmadi. Bu mavsumda Krishtianu “qizil iblislar”ning zaxira futbolchisiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!