Ronalduga yangi da’vogar paydo bo‘ldi

Ronalduga yangi da’vogar paydo bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu erkin agentlar ro‘yxatida turibdi - o‘tgan kuni uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi bekor qilindi.

O‘shandan beri mish-mishlar muntazam ravishda portugaliyalikni turli klublar bilan bog‘lab turmoqda.

Veja xabariga ko‘ra, Ronalduga yangi da’vogar paydo bo‘lgan. Braziliyaning «Flamengo» klubi 37 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda.

Avvalroq Krishtianu Ronalduga Saudiya Arabistoni klublaridan moliyaviy jihatdan jozibador takliflar borligi xabar qilingandi.

Krishtianu Ronaldu fevral oyida 38 yoshga to‘ladi. Ayni damda transfermarkt portali mutaxassislari hujumchini 20 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!