Ronaldu yana necha yil futbol o‘ynamoqchiligini aytdi

Ronaldu yana necha yil futbol o‘ynamoqchiligini aytdi

«Manchester Yunayted» klubi va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFAning The Best maxsus sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng fikr bildirdi.

«Avvalo, 20 yil davomida birga o‘ynagan milliy jamoadagi barcha sheriklarimga rahmat aytmoqchiman. Jahon rekordi 109ta gol edi, shundaymi? Endi men uni 6ta to‘pga yaxshiladim. Va bundan juda faxrlanaman.

Ronaldu yana necha yil futbol o‘ynamoqchiligini aytdi

Men juda hurmat qiladigan tashkilot — FIFA tomonidan maxsus mukofot oldim. Oilamga ham rahmat aytmoqchiman. Tez orada yana ota bo‘laman. Faxrlanaman — tarixdagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish ajoyib.

Menda hali ham o‘yinga va gollar urishga ishtiyoq bor. 5 yoshimdan futbol o‘ynayman. Mashg‘ulotlarga chiqqanimda ham motivasiya bor.

37 yoshimda ham o‘zimni yaxshi his qilyapman. Qattiq mehnat qilishda davom etaman va o‘ynashni xohlayman. Umid qilamanki, yana 4-5 yil o‘ynayman. Tanangizga yaxshi munosabatda bo‘lsangiz, u sizga kerak bo‘lganini qaytaradi», — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!