Ronaldu – top-5 ligalarda 450ta gol urgan birinchi o‘yinchi

Ronaldu – top-5 ligalarda 450ta gol urgan birinchi o‘yinchi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 2-turidan o‘rin olgan «Roma»ga (2:2) qarshi o‘yinda dublga erishdi.

Shu tariqa 35 yoshli portugaliyalik futbolchining top-5 ligalardagi gollari 450 taga yetdi. U bunday natijaga erishgan birinchi o‘yinchiga aylandi.

Ronaldu «MYu»da 84 ta, «Real»da 311 ta, «Yuventus»da 55 ta to‘p kiritgan.

Krishtianuning bu boradagi eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hisobida esa 445 ta gol bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!