Ronaldu «Real»dan ketganidan afsusdami?

Ronaldu «Real»dan ketganidan afsusdami?

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Real»ni tark etganidan afsusda ekanini tan olgan.

ABC xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi bu gaplarni sobiq jamoadoshlari bilan bo‘lgan suhbatda aytgan. Portugaliyalik to‘purar «Real»dan ketmaganimda yana 2ta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritardim, degan ma’noda gapirgan. Bundan tashqari, «Yuventus» va Italiya A Seriyasining saviyasi «Real» va La Ligadan past ekanini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yil yozida 117 mln yevro evaziga «Real»dan «Yuventus»ga o‘tgan edi. Madridliklar tarkibida u 438 ta o‘yinda maydonga tushib, 450 ta gol urdi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!