Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan ketishi mumkinmi?

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan ketishi mumkinmi?

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan ketishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.

- Klubdagi faoliyatingizni uzaytirish uchun terma jamoadan ketish haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

- Nima uchun bu haqda o‘ylashim kerak? Menimcha, hali buning vaqti emas. Gap odamlar nima xohlayotganida emas, mening nima xohlayotganimda.

Men qachon yugura olmasligimni his qilsam, darvozani ishg‘ol qila olmay qolsam, kuchimdan foydalana olmasam bu haqda o‘ylashim mumkin.

Lekin menda hozir hammasi yaxshi. Shuning uchun davom etishni xohlayman, chunki menda hali ham motivasiya bor. Men plankamni yanada balandroqqa ko‘tarishni xohlayman, - deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida 36 yoshli hujumchi terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Uning Portugaliya safida urgan gollari 115 tani tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!