Ronaldu Maradona bilan tenglashib oldi

Ronaldu Maradona bilan tenglashib oldi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida urilgan gollar soni bo‘yicha Diyego Maradona bilan tenglashdi.

JCH-2022 guruh bosqichining ilk uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi Gana terma jamoasini mag‘lub etdi (3:2). Uchrashuvdagi birinchi golni Ronaldu 65-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib kiritdi. 37 yoshli portugaliyalik o‘zining beshinchi jahon chempionatida (2006, 2010, 2014, 2018, 2022) ishtirok etmoqda va ularning har birida gol urgan. Hozirda uning hisobida jahon chempionatlarida sakkizta gol bor.

Shu tariqa, portugaliyalik Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Maradonaga yetib oldi.

Ayni damda 35 yoshli Messi ham beshinchi jahon chempionatida qatnashmoqda. Uning hisobida 7 ta gol bor.

Diyego Maradona 4 ta futbol bo‘yicha jahon chempionatida (1982, 1986, 1990, 1994) o‘ynagan.

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze jahon chempionatlaridagi gollar soni bo‘yicha yetakchiligicha qolmoqda – 16 ta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!