Ronaldu "Manchester Yunayted" yoshlar jamoasiga ravona bo‘lishi mumkin

Ronaldu "Manchester Yunayted" yoshlar jamoasiga ravona bo‘lishi mumkin

"Manchester Yunayted" hujumchi Krishtianu Ronalduni o‘z shartlariga ko‘ra futbolchining ketishiga kelisha olmasa, yoshlar jamoasiga yuborishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi The Telegraph. Klub maoshning qolgan qismini to‘lashni rejalashtirmayapti.

Nashrning yozishicha, klub 37 yoshli portugaliyalikdan shartnoma muddati tugashiga 7 oy davomida olishi kerak bo‘lgan maoshdan voz kechishini istamoqda. Hujumchi klubda haftasiga 500 ming funt maosh oladi.

18 noyabr kuni “Manchester Yunayted” Ronaldu bilan shartnomani tovonsiz bekor qilish jarayonini boshlagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, rahbariyat portugaliyalikning Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022dan keyin jamoaga qaytishini istamayapti.

Portugaliyalik hujumchi joriy mavsumda “qizil iblislar” safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!