Ronaldu "Manchester Yunayted"dan norozi

Ronaldu "Manchester Yunayted"dan norozi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa tarkibni kuchaytirishda faolroq bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda.

37 yoshli portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ning transfer bozorida harakatsizligidan xavotirda, "qizil iblislar"ning Angliya premyer-ligasidagi raqiblari esa yulduzlar bilan shartnoma imzolashmoqda. Bu haqda jurnalist Manu Sayns xabar berdi. Ronaldu turnirlarda g‘alaba qozonishga da’vo qilmaydigan jamoada yana bir mavsum o‘tkazishni istamaydi.

"Manchester Yunayted"ning yozgi transfer maqsadi "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong. Muzokaralar qizg‘in davom etmoqda, biroq hali yakunga yaqin emas.

"Manchester Siti" va "Liverpul" allaqachon o‘z tarkibini yulduz hujumchilar Erling Xoland va Darvin Nunyes bilan kuchaytirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!