Ronaldu JCh tarixida bu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi

Ronaldu JCh tarixida bu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlarida darvoza tomon roppa-rosa 100 ta zarba berdi.

2 dekabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Portugaliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Opta xabariga ko‘ra, Ronaldu bu o‘yinda raqib darvozasiga zarba yo‘llash bo‘yicha o‘z statistikasini yuztaga yetkazdi.

U bu ko‘rsatkichga erishgan birinchi futbolchi bo‘ldi (1966 yildan buyon statistika yuritiladi). 37 yoshli portugaliyalik bu natijaga erishish uchun 20 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan.

1/8 finalda jamoa Shveysariya termasi bilan to‘qnash keladi, o‘yin 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!