Ronaldu: "Hech bo‘lmaganda bir kun men haqimda gapirmaslikning iloji yo‘q"

Ronaldu: "Hech bo‘lmaganda bir kun men haqimda gapirmaslikning iloji yo‘q"

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida o‘ynash niyati tufayli klubni tark etish istagi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

Futbolchi muxlislar akkauntlaridan biridagi post ostida izoh qoldirgan. Nashrning ta’kidlashicha, Xorxe Mendesh "Manchester Yunayted"ga Ronaldu haqiqatan ham ketishni xohlayotganini aytgan.

“Hech bo‘lmaganda bir kun men haqimda gapirmaslikning iloji yo‘q, chunki aks holda OAV pul topa olmaydi. Bilasizmi, yolg‘on gapirmasangiz, odamlarning e’tiborini jalb qila olmaysiz. Davom etinglar. Balki bir kun kelib siz ham to‘g‘ri xabarni e’lon qilarsiz”, - deb yozdi Ronaldu.

28 iyul kuni 37 yoshli futbolchi "MYu" rahbariyatiga shartnomani bekor qilmoqchi ekanligini aytgani malum bo‘ldi. Bungacha portugaliyalik ta’tildan kech qaytib, Manchester bazasida muzokara olib borish uchun kelgandi.

O‘tgan mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!