Ronaldu futbolchilik faoliyatidan keyingi rejalarini ochiqladi

Ronaldu futbolchilik faoliyatidan keyingi rejalarini ochiqladi

«An-Nasr» va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyingi hayotini rejalashtirib qo‘yganini aytdi.

41 yoshli futbolchi Vogue nashriga bergan intervyusida professional sportdan ketish hayotida katta bo‘shliq paydo qilishi mumkinligini ta’kidladi. Shu sababli u vaqtini faqat bitta mashg‘ulot bilan emas, turli sohalar bilan to‘ldirish niyatida.

«Kelajagimni rejalashtirib qo‘yganman. Futbol katta bo‘shliq qoldirishi mumkin va uni turli yo‘llar bilan to‘ldirish kerak», — dedi Ronaldu.

Portugaliyalik futbolchi faoliyatidan keyin ko‘proq sayohat qilish, hordiq chiqarish, musobaqalarni tomosha qilish va o‘zi yaxshi ko‘radigan padel sporti bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, u oilasi bilan birga 25 yillik mashaqqatli mehnat evaziga erishgan natijalaridan bahramand bo‘lishni istaydi.

Ronalduning «An-Nasr» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. U kelgusi mavsum professional futboldagi so‘nggi yili bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi. Futbolchi avvalroq 2026 yilgi jahon chempionati uning so‘nggi mundiali bo‘lishini ham tasdiqlagandi.

O‘tgan mavsumda Ronaldu «An-Nasr» safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2026da esa Portugaliya milliy jamoasi tarkibidagi beshta uchrashuvda uch marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Krishtianu faoliyati davomida besh marta Chempionlar ligasi, 2016 yilgi Yevropa chempionati va ikki marta Millatlar ligasida g‘olib chiqqan. U besh karra «Oltin to‘p» sohibi bo‘lib, klublar va milliy jamoadagi umumiy gollari sonini 1000 taga yetkazishga yaqinlashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бун