Ronaldu bugun "An-Nasr" safida debyut o‘yinini o‘tkazadi

Ronaldu bugun "An-Nasr" safida debyut o‘yinini o‘tkazadi

Saudiyaning «An-Nasr» futbol klubi Krishtianu Ronalduning debyut sanasini e’lon qildi. 37 yoshli futbolchi milliy chempionatning navbatdagi o‘yinida yangi jamoasi safidagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazadi.

"An-Nasr" rasmiy tvitter akkauntining xabariga ko‘ra, Ronaldu jamoadagi debyutini 14-tur doirasidagi «Al-Ittifoq»ga qarshi o‘yinda o‘tkazadi. Uchrashuv 22 yanvar, yakshanba kuni «An-Nasr»ning uy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatiga qadar cho‘zilgan diskvalifikasiya tufayli yangi jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. Endi u «An-Nasr» safida rasmiy turnirlarda o‘ynashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!