Ronaldu "Brentford"ga qarshi o‘yindan keyin "MYu" muxlislariga e’tibor qaratmadi

Ronaldu "Brentford"ga qarshi o‘yindan keyin "MYu" muxlislariga e’tibor qaratmadi

Angliya Premyer-ligasining 2-tur uchrashuvida “Manchester Yunayted” safarda “Brentford” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv Erik ten Xag jamoasining 0:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Krishtianu Ronaldu maydonlda 90 daqiqa harakat qildi, ammo natijaga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmadi. Uchrashuv yakunlangach, hafsalasi pir bo‘lgan portugaliyalik futbolchi "qizil iblislar" muxlislariga e’tibor bermay, mehmon sektori yonidan o‘tib ketdi, deb xabar bermoqda jurnalist Semyuel Lakxerst ijtimoiy tarmoqlarda. Shu bilan birga, murabbiylar shtabi a’zolaridan biri futbolchiga muxlislarga yaqinlashishni maslahat bergan, biroq Ronaldu bu maslahatga quloq tutmadi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu avvalroq joriy transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi, ammo klub rahbarlari hujumchining jamoadan ketishini xohlashmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!