Ronaldu APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Ronaldu APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu EA SPORTS talqini bo‘yicha APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ronaldu bu sovrinni joriy mavsum ikkinchi marta qo‘lga kiritmoqda.

Bu "Manchester Yunayted" forvardi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (3:1) APLdagi 100-golini urgan va "Norvich Siti" ustidan qozonilgan g‘alabada 50-xet-trikini qayd etganidan keyin bir oydan o‘tib sodir bo‘ldi.

Ronaldu aprel oyini beshta gol bilan yakunlandi.

37 yoshli futbolchi Natan Kollinz, Kevin De Bryuyne, Bruno Gimarays, Gabriel Jezus, Xyon Min Son, Tiago va Leandro Trossarlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!