Ronald Kuman "Barselona"ning mag‘lubiyatini qanday izohladi?

Ronald Kuman "Barselona"ning mag‘lubiyatini qanday izohladi?

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yin haqida gapirdi. "Barselona" bu o‘yinda minimal hisobda yutqazdi.

“Birinchi 15 daqiqa sust kechdi, ammo keyin biz o‘yinni nazorat qila boshladik. Bizda imkoniyatlar bo‘ldi, lekin foydalana olmadik. Bizda gol urishga qodir futbolchilar bor.

Men jamoani qoralay olmayman. O‘yinga kirishishimiz qiyin bo‘ldi. Biz yaratgan daqiqalarni hisobga olsak, natija adolatsiz. O‘yinga yomon munosabat yoki o‘yin sifati tufayli taslim bo‘lmadik. Biz shunchaki gol ura olmadik. Boshqa aytadigan hech narsa yo‘q”, dedi gollandiyalik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!