Romitan tumanida tender g‘olibligini qalbaki hujjatlar orqali qo‘lga kiritgan MCHJ rahbari aniqlandi

Romitan tumanida tender g‘olibligini qalbaki hujjatlar orqali qo‘lga kiritgan MCHJ rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.T.” MCHJ rahbari T.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tuman hududidagi kichik sanoat zonasi uchun tashqi elektr tarmoqlarini montaj ishlarini bajarish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda, yuk avtotransport vositalarini ijaraga olganligi haqidagi shartnomasini qalbakilashtirish orqali g‘oliblikka erishib, keyinchalik ob’ektda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 176,9 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!