Roman Abramovichga "Chelsi"ga 30 mln funtgacha pul kiritishga ruxsat berildi

Roman Abramovichga "Chelsi"ga 30 mln funtgacha pul kiritishga ruxsat berildi

Buyuk Britaniya hukumati "Chelsi"ning faoliyat yuritishi uchun sanksiyalarga o‘zgartirish kiritdi.

O‘zgarishga ko‘ra, bosh kompaniya naqd pul va likvidlik muammolari sharoitida klubni saqlab qolish uchun "Chelsi"ga 30 million funt sterlinggacha sarmoya kiritishga ruxsat berdi.

London klubi Roman Abramovichning Fordstam Ltd kompaniyasiga tegishlidir.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya 10 martda Abramovichga qarshi sanksiyalar joriy qilgandi. APL rossiyalikni "Chelsi" boshqaruvidan mahrum etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!