"Roma" muxlislari Eldor Shomurodovni tanqid qilmoqda

"Roma" muxlislari Eldor Shomurodovni tanqid qilmoqda

A Seriyaning to‘rtinchi turida “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo ilk marotaba Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi. UYEFA Konferensiyalar ligasi va A Seriyaning uchtadan uchrashuvida portugaliyalik murabbiy shogirdlari raqiblar ustidan ishonchli g‘alaba qozongani rimlik muxlislarning “Verona”ga qarshi bo‘ladigan bahsda ham ijobiy natijaga umid qilishiga asos edi.

Bir qarashda, “Roma” bir vaqtning o‘zida ikki hujumchi – Eldor Shomurodov va Temmi Abraxam bilan o‘ynagandek ko‘rinadi. Lekin Joze o‘z taktikasidan voz kechmadi. Markaziy hujumchi sifatida angliyalik yulduz o‘ynadi, Eldor asosan chap qanot yarim himoyachisi vazifasini bajardi. Bu taktika ish bermadi.

Shu kungacha Mourinyo jamoasining qahramonlari bo‘lib kelgan Eldor ham, Abraxam ham mavsumdagi ilk mag‘lubiyat qayd etilgan uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olmadi. Jamoa 2:3 hisobida yengildi, buning oqibatida shu kungacha maqtab kelingan “Roma” hujum chizig‘i vakillari tanqid ostida qoldi.

Sports.uz portali “Roma” muxlislarining ijtimoiy tarmoqlarda Eldor Shomurodova Temmi Abraxam o‘yini borasida bildirayotgan fikrlarini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola qiladi.

Luca Bemportato:

Rasvo o‘yin bo‘ldi. Menimcha, boshlang‘ich tarkibni tanlashda xatoga yo‘lq qo‘ydik. Shomurodov markaiy hujumchi sifatida foydaliroq o‘ynarkan. Uni chap qanotda o‘ynatish befoyda ekan.

Giuseppe Agnelli (Luca Bemportato fikriga javoban):

Qaysidir ma’noda shunday. Agar Shomurodov o‘yin boshidan ikkinchi hujumchi sifatida raqib darvozasiga yaqin o‘ynaganida “Verona” jarima maydonchasida ularga katta bosim uyushtirgan bo‘lardi.

Alessandro Monti:

Shomurodovdan ko‘p narsa kutgan edim, afsus. UYEFA Konferensiyalar ligasida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchi bu gal maydonda yo‘qolib qoldi.

Gianluca Lattavo:

Bu uchrashuvda hujumchilarimiz o‘yindan tashqarida qolib ketdi. Shomurodov va Abraxam bir bo‘lib va faqat bitta zarba berdi xolos. Bu ikki hujumchi uchun umumiy hisobda 60 million yevro to‘lagan edik.

Emanuele Cestari (Gianluca Lattavo fikriga javoban):

Biz ikki nafar “yangi Shik”ni olganga zxshaymiz. Darvozani to‘g‘ri nishonga ololmaydigan ikkita hujumchiga bir necha o‘n millionlab mablag‘ sarflaganmiz.

Riccardo Giancone (Gianluca Lattavo fikriga javoban):

Faqat hujumchilarni tanqid qilish yaramaydi. Bu gal butun jamoa yomon o‘ynadi.

Giancarlo Della Monica:

Hujumchilarimizning ikkalasi ham bo‘sh o‘ynadi. Shomurodov Abraxamdan farqli ravishda himoyaga qarashdi, raqibdan to‘pni olib qo‘yishga harakat qildi. Abraxam hali ham Angliyadan futbol o‘ynashni bilmaydigan bir qishloqqa keldim, deb yuribdi. Bu yog‘iga u yarim kuchi bilan to‘p tepmoqchi bo‘lyapti.

Alessandro Artimisio:

Menga Shomurodov chap qanot xavbeki sifatida “yo‘qolib qoldi”. Huddi bu pozisiyada avval o‘ynamagandek ko‘rindi.

Shu tariqa, “Roma” A Seriyada ilk bor ochko yo‘qotib, birinchi o‘rindan pastlay boshladi. Mourinyo va shogirdlarining g‘alabalar seriyasiga chek qo‘yilda. “Roma” beshinchi tur uchrashuvida o‘z maydonida “Udineze”ni qabul qiladi. Bu bahs 23 sentyabrga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!