"Roma" g‘alaba qozondi, Shomurodov maydonga tushmadi

"Roma" g‘alaba qozondi, Shomurodov maydonga tushmadi

Italiya chempionatining 10-turida “Roma” o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Rim klubiga g‘alabani Rojer Ibanes va Lorenso Pellegrini tomonidan kiritilgan gollar keltirdi. Mezbonlar tarkibida Leonardo Pavoletti gol urdi.

“Roma” 19 ochko jamg‘argan holda A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi. “Kalyari” olti ochko bilan so‘nggi 20-o‘rinda qoldi.

"Kalyari" – "Roma" - 1:2 (0:0)
Gollar
: Pavoletti, 52 - 1:0, Rojer, 71 - 1:1, Pellegrini, 78 - 1:2

"Kalyari": Kranyo, Bellanova, Cheppitelli, Dzappa, Karboni, Likoyannis, Deyola (Keyta Balde, 82), Marin, Grassi (Oliva, 79), Joao Pedro, Pavoletti.

"Roma": Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya (Afena-Gyan, 57), Mxitaryan (El-Shaaravi, 46), Veretu (Kumbula, 90), Kristante, Pellegrini, Dzanyolo (Kalafyori, 81), Abraxam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!