Rohinjalar yashaydigan lagerlarni suv bosdi

Rohinjalar yashaydigan lagerlarni suv bosdi

Bangladeshning Koks-Bazar shahrida Myanmadan qochib kelgan 900 mingdan ziyod musulmon rohinja yashaydi. Bu yerda oxirgi bir haftada kuzatilgan yog‘ingarchiliklar oqibatida qochqinlar lagerlarini suv bosdi.

Toshqindan tashqari ko‘chkilar ham kuzatildi. Qochqinlarning bambuk va brezentdan tiklangan chodirlari buzilib ketgan. Toshqin oqibatida olti qochqin halok bo‘ldi, ulardan uch nafari bolalar edi. Yigirma ming rohinja boshqa joyga ko‘chishiga to‘g‘ri keldi.

Rohinjalar Bangladeshga Myanmadagi zulmdan qochib kelgan. Ular vatanida muntazam ravishda Myanma armiyasi va radikal buddaviylarning kamsitishiga duchor bo‘lgan, qishloqlari yoqilgan, ko‘plab rohinja o‘ldirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!