Robotlarning dastidan millionlab odam ishsiz qoladimi?

Robotlarning dastidan millionlab odam ishsiz qoladimi?

Texnologiyalarning rivojlanishi oqibatida 2025 yilgacha dunyoning 26 mamlakatidagi o‘rta va yirik korxonalarda taxminan 85 million ish o‘rni qisqaradi. Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan The Future of Jobs 2020 («Ish o‘rinlarining kelajagi», 2020) nomli hisobotda ana shunday taxmin keltirilgan.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi mehnat bozorini kutilganidan tezroq o‘zgarishga majbur qildi. Ekspertlar ayni paytda «robotlar» inqilobi 97 million yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib kelishini aytmoqda. Chunki 2025 yilgacha  sun’iy ong, «yashil iqtisodiyot» va bulut texnologiyalari singari sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish zarur. 

Tadqiqotda qatnashgan korxonalarning 43 foizi texnologiyalarning rivojlanishi ortidan ish o‘rinlarini qisqartirishga tayyorligini, 41 foizi esa muayyan vazifalarni bajarishi uchun shartnoma asosida ishlaydiganlar sonini orttirishini ma’lum qilgan. 34 foiz korxona texnologik yangiliklar oqibatida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lgani uchun shtatlar sonini ko‘paytirishini bildirgan.  

Ekspertlar hisobotni tayyorlash uchun qishloq xo‘jaligi, ta’lim, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, transport kabi o‘n beshta sohadagi vaziyatni o‘rganib chiqishgan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!