Rishtonlik vunderkind

A A A
Rishtonlik vunderkind

Rishton tumanidagi 27-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Muhammadaziz Sodirov mental arifmetika sohasida katta yutuqlarga erishib kelmoqda.

6 yoshidan beri mental arifmetika bilan doimiy shug‘ullanib kelayotgan Muhammadaziz 2017 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, Respublika chempioni bo‘lgan 2018 yilda Rossiya poytaxti Moskvada hamda 2019 yilda Xitoyning Foshan shahrida o‘tkazilgan ALOHA Mental Arithmetic xalqaro musobaqalarida g‘olib bo‘lgan. Ushbu musobaqalarda dunyoning 40 dan ziyod davlatlaridagi o‘quvchilar ishtirok etgan. Muhammadaziz Sodirov 2021 yilda Toshkentda o‘tkazilgan 4-Respublika mental arifmetika chempionatida ham o‘z yoshi toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Hozirgi kunda Muhammadaziz yaqinda Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“ALOHA” (Abacus Learning Of Higher Arithmetic – Oliy arifmetikani abakus (cho‘t) yordamida o‘rganish) – 1993 yilda Lo Mun Sun tomonidan Xitoy va Tayvandagi mental arifmetika o‘qitish metodlarini umumlashtirilgan holda ishlab chiqilgan dastur asosida xorijiy mamlakatlarda 7-13 yoshli o‘quvchilarga ta’lim beruvchi kompaniya bo‘lib, hozirda dunyoning 42 ta mamlakatida franchayzing asosida ish olib boruvchi 4 mingdan ziyod filiallariga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!