Rishton tumanida talonchilar qo‘lga olindi

Rishton tumanida talonchilar qo‘lga olindi

2022 yilning 28 iyul kuni B.J va A.A o‘zganing mol-mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida, jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Toshog‘oliq mahalla hududida odamlardan xoli bo‘lgan xilvat ko‘chaga kelib, shu yerda turgan fuqaro S.M.ni yonida puli borligini bilib, unga tashlanib, unga nisbatan hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, egnidagi ko‘ylagini oldi chap cho‘ntagida bo‘lgan 1.100.000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan egallash maqsadida, ko‘ylagini cho‘ntagini yirtib yuborib, fuqaro S.M.ning qarshilik ko‘rsatganligi va uning qizi S.Sh kelib qolganligi sababli, o‘zlarining jinoiy harakatlarini o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan qochib yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!