Rishton tumanida firibgar ayollar qo‘lga olindi

Rishton tumanida firibgar ayollar qo‘lga olindi

Rishton tumani. 18 iyul kuni U.T ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum ayollar savdo qilayotgan savdo rastasiga kelib uni ishonchiga kirib, 200 AQSh dollar va 475.000 so‘m pullarini olib, jami narhi 500.000 so‘mlik turli xildagi kiyim-kechak mahsulotlarini berib, qolgan kelishilgan kiyim-kechaklarni tashqarida sheriklarini mashinasi turganligini, qolganini olib kirib berishini aytib olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.D. va J.M. ismli ayollar sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!