Rinat Axmetov har kuni Ukrainaga yordam uchun 1 million dollar bermoqda

Rinat Axmetov har kuni Ukrainaga yordam uchun 1 million dollar bermoqda

Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri Rinat Axmetovning SCM korxonalari Qurolli Kuchlar, hududiy mudofaa va jabrlanganlarga gumanitar yordam uchun har kuni taxminan 1 million dollar xayriya qilmoqda.

Bu haqda SCMning jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Natalya Yemchenko xabar bergan.

«Birinchi navbatda biz hozirda asosiy e’tiborni odamlarga qaratmoqdamiz: odamlarga, shaharlarga va mamlakatimizga yordam beryapmiz. Urush boshlangandan beri SCM kuniga taxminan 1 million dollar xayriya qilmoqda. Biz bu pulni odamlarga insonparvarlik yordami va mudofaa kuchlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘rinishida xalq va hukumatga berdik», - degan kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori.

«SCM doimiy ravishda ushbu pozisiyaga sodiq qoladi va Ukrainani har tomonlama qo‘llab-quvvatlovchi vatanparvar sarmoyaviy guruh sifatida ishlaydi», deb ta’kidlagan Yemchenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, SCM egasi Rinat Axmetov eng yirik milliy investor sifatida Ukrainani urushdan keyingi qayta tiklashda ham muhim rol o‘ynaydi.

«Urushdan keyingi tiklanish ko‘plab imkoniyatlar yaratadi. Ukrainaning maqsadi - bu imkoniyatdan unumli foydalanish. SCM va Rinat Axmetov Ukrainaning gullab yashnashiga yordam berish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi», - deydi Yemchenko.
Eslatma: SCM (System Capital Management) Limited – Ukrainadagi eng yirik investisiya guruhidir. Uning korxonalari va xoldinglari Ukraina, Kipr, Niderlandiya, Italiya, Bolgariya, Shveysariya, Buyuk Britaniya va AQShda faoliyat yuritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!