Rim Papasi Rossiya armiyasidagi eng shafqatsiz qismlarni aytdi

Rim Papasi Rossiya armiyasidagi eng shafqatsiz qismlarni aytdi

Rim Papasi Fransisk chechen va buryatlarni Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari tarkibidagi eng shafqatsiz qismlar deb atadi. Bu haqda u America nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan

“Men Ukraina haqida gapirganda, dahshatli qiynoq ostida o‘layotganlarni nazarda tutaman. Agar sizlarda ayanchi o‘lim topgan odamlar bo‘lsa, ularni qiynab o‘ldirgan odamlar ham topiladi. Men Ukraina haqida gapirganda shafqatsizlik haqida gapiraman, chunki kiritilayotgan qo‘shinlarning beshafqatligi haqida xabarlar bor. Odatda Rossiya qo‘shinlari ichida eng shafqatsizlari chechenlar, buryatlar va boshqalar hisoblanadi”, – degan pontifik.

Bunga javoban RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Fransiskning bu bayonotini “haqiqatni o‘ta soxtalashtirish” deb atagan.

“Bu endi rusofobiya emas, bu endi yuqori darajada soxtalashtirish. Ular 90-yillarda ruslarni Kavkaz xalqlariga azob berayotganini aytgandi, endi esa kavkazliklar ruslarni qiynamoqda, deyishmoqda”, – degan Zaxarova.

O‘z navbatida Buryatiya rahbari Aleksey Sidenov “buryatiyaliklar o‘z burchini sharaf bilan bajarayotgani”ni aytgan. Shuningdek, u chechen va buryatlar tinch aholini himoya qilayotganini ta’kidlagan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!