Restoranlarda tanovul qilish tavsiya etilmaydigan taomlar ma’lum qilindi

Restoranlarda tanovul qilish tavsiya etilmaydigan taomlar ma’lum qilindi

“Umumiy ovqatlanish maskanlarida xom tovuq tuxumidan tayyorlangan taomlarni buyurtma berish kerak emas”, demoqda veterinariya shifokori Aleksey Kuxno.

Mutaxassis bunda tiramisu shirinligi va karbonara pastasini misol qilib keltirdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushu taomlar tarkibidagi xom tovuq tuxumida o‘tkir ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqaradigan salmonella bakteriyasi bo‘lishi mumkin.

Shu bois Aleksey Kuxno shu kabi taomlar tayyorlashda bedana tuxumlaridan foydalanishni maslahat bermoqda.

Zero, ta’kidlanishicha, bedanalar tana harorati yuqori bo‘lganligi sababli salmonellyozga moyil bo‘lishmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!