Respublika bo‘ylab 2 029 ta maktabga zamonaviy kompyuter sinflari yetkazila boshlandi

Respublika bo‘ylab 2 029 ta maktabga zamonaviy kompyuter sinflari yetkazila boshlandi

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 10 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlash topshirig‘i berilgan edi.

Mazkur topshiriqqa muvofiq Respublika bo‘yicha 2 029 ta maktablarni zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash vazifasi belgilandi.

Bugungi kunda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan respublika byudjetidan 1 014 ta zamonaviy kompyuter sinflari xarid qilindi va viloyatlardagi umumta’lim maktablariga kompyuter texnikalari ortilgan karvonda bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!