Respekt! Ozarbayjonlik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inlarni o‘chirish uchun Turkiyaga yo‘l oldi

Respekt! Ozarbayjonlik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inlarni o‘chirish uchun Turkiyaga yo‘l oldi

Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘t o‘chiruvchi xodimlari mamlakatning bir qator hududlarini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam berish uchun Turkiyaga yo‘l olishdi.

Bu haqda Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Xabarda aytilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in xizmatining 100 nafar xodimi Dalaman provinsiyasiga jo‘nab ketishgan va u yerda turkiyalik hamkasblari bilan birga yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishadi.

"Anadolu" agentligi yozishicha, ozarbayjonlik o‘t o‘chiruvchilar Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ko‘rsatmasiga binoan qardosh mamlakatga ketishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!