Reshford Angliya terma jamoasi qarorgohida jarohat oldi

Reshford Angliya terma jamoasi qarorgohida jarohat oldi

Manchester Yunayted hujumchisi Markus Reshford Angliya terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarida ishtirok etmaydi.

Bosh murabbiy Garet Sautgeyt xabariga ko‘ra, futbolchi 24 fevral kuni o‘tkazilgan Liverpul ga qarshi o‘yindagi jarohatini yangilab olgan va Manchester Yunayted qarorgohiga qaytib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi 22 mart kuni Yevro-2020 saralashi doirasida Chexiya bilan bellashadi. A guruhida ishtirok etayotgan inglizlarga Bolgariya, Chernogoriya va Kosovo terma jamoalari ham raqib bo‘ladi. Dastlabki 2ta o‘rinni egallagan terma jamoalar Yevro-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!