Reper AQSh prezidenti bo‘lmoqchi

Reper AQSh prezidenti bo‘lmoqchi

Yaqinda reper Kanye Uest o‘ziga Ye, degan yangi ism qo‘ydi va o‘zining prezidentlik kampaniyasini boshlaganini e’lon qildi. Uning aytishicha, Donald Tramp bilan juftlikda saylanmoqchi, lekin bu taklif Trampni xavotirga solgan.

Uest AQSh prezidentligiga ishtirok etishini avvalgi prezident saylovida mag‘lub bo‘lganidan keyinroq e’lon qilgandi. O‘tgan saylovda unga 160 million saylovchidan atigi 60 mingi ovoz bergan.

Ayni paytda reper saylovoldi kampaniyasini faol olib bormoqda, u "Tvitterga" o‘zining logotipini qo‘ydi. Bir necha kun avval Uest o‘zining saylov shtabiga taniqli blogerni rahbar qilib yollaganini ma’lum qilgan edi.

Bir kun avval u Trampning Mar-a-Lago Golf-klubida sobiq prezidentning o‘zi bilan uchrashgan. Tramp bilan uchrashuvdan keyin Uest ijtimoiy tarmoqlarga ushbu uchrashuv haqidagi videolarini joylashtirdi. Uestning aytishicha, Tramp unga “mag‘lubiyatga uchraysan” deb baqirgan va Uestning sobiq xotini Kim Kardashyanni uyat so‘zlarni qo‘shib eslagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!