Rekord yana yangilandi! O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli oshdi

Rekord yana yangilandi! O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli oshdi

O‘zbekiston yagona energetika tizimida yozgi mavsum uchun elektr energiyasi iste’moli 14 iyul kuni 284 million kVt soatga yetib, yangi rekord qayd etildi.

Energetika vazirligining xabar qilishicha, bu ko‘rsatkich 13 iyuldagi yozgi rekorddan (278,6 mln kVt soat) va qishki maksimumdan (283 mln kVt soat) ham oshdi. Ya’ni 2026 yil 13 iyul kuni yoz mavsumida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan 5,4 million kVt soatga yoki 1,94 foizga ko‘pni tashkil qilgan bo‘lsa, 2026 yil 24 yanvar kuni qish mavsumida qayd etilgan tarixiy maksimal darajadan 1 million kVt soatga ko‘pni tashkil etdi.

Ma’lum qilinishicha, rekord qayd etilgan kuni sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 287,3 million kVt soatni tashkil etdi.

Yuqori iste’mol vaqtlarida ayrim hududlarda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklar sababli elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Shu munosabat bilan iste’molchilardan elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlari so‘raldi.

“Ayniqsa, kondisionerni 24–26°C haroratda ishlatishni, uning filtrlarini muntazam tozalab turishni eslatib o‘tamiz. Bu esa qurilmaning samarali ishlashini ta’minlaydi, elektr energiyasi sarfini kamaytiradi, tarmoqlarning ortiqcha qizib ketishining oldini oladi va inson salomatligi uchun ham maqbul sharoit yaratadi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрл