Referendum o‘tkazish tartibi o‘zgardi

Referendum o‘tkazish tartibi o‘zgardi

“Referendumi to‘g‘risida”gi O‘RQga o‘zgartishlar kiritildi:

✔️referendumga tayyorgarlik ko‘rishda va uni o‘tkazishga o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilari qatnashadi;

✔️manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida ma’lum qiladi (ilgari 15 kun edi);

✔️kuzatuvchilar harbiy qismlar, va ozodlikdan mahrum etish joylariga borishi haqida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak;

✔️Komissiya a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda kompensasiya to‘lanadi. Ushbu to‘lov transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida beriladi;

✔️Uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi ham belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!