«Reanimasiya bo‘limlari deyarli to‘lgan»: Zangiotada vaziyat og‘irlashmoqda (VIDEO)

«Reanimasiya bo‘limlari deyarli to‘lgan»: Zangiotada vaziyat og‘irlashmoqda (VIDEO)

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan 1 va 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bo‘layotgan murojaatlar so‘nggi kunlarda ikki barobarga oshdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali tomonidan tayyorlangan lavhada ma’lum qilindi, deb yozadi "Daryo".

Efirga uzatilgan lavhada muassasadagi bemorlarning ko‘pchiligi soha mutaxassislarining ogohlantirishlariga qaramay, karantin talablariga rioya qilmagani, o‘zi va yaqinlari salomatligiga e’tiborsiz bo‘lgani, kasallikka qarshi emlanishdan bosh tortgani, natijada aksariyati og‘ir havolga tushib qolganini ko‘rish mumkin.

«Reanimasiya bo‘limida 36 ta o‘rin mavjud bo‘lib, hozirda ularning 34 tasi band. Bu og‘ir va o‘ta og‘ir kasallar ko‘payganidan dadolat beradi. Hozirgi kunda ikkita bo‘sh o‘rnini o‘ta og‘ir bemorlar uchun zaxirada ushlab turibmiz», — deydi Zangiotadagi 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimasiya bo‘limi mudiri Ahtam Qoryog‘diyev.

Ta’kidlanishicha, jonlantirish bo‘limida yotganlarning aksariyatini koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolar tashkil etmoqda.

2-Zangiota ixtisoslashtirilgan yuqimli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimovning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi uch-to‘rt kun ichida murojaatlar soni ikki barobarga oshgan. Ular orasida shifoxonaga yotqizilayotganlar 1,5 baravarga, kasallarning 13 foizi og‘ir holatda olib kelinib, reanimasiyaga yotqizilmoqda. Bemorlarning aksariyatining yoshi 65 dan o‘tgan va surunkali kasalligi bor fuqarolar tashkil etmoqda.

«Ko‘p kasallarda vaksinasiya qilishga imkoniyati bo‘lgan, lekin ular har xil sabablarga ko‘ra emlanishni rad etgan… Epidemiologik rejimni hech kim saqlamayapti, ommaviy tadbirlar, to‘y, yubileylar ko‘paygan. Bularning hammasi, albatta, koronavirus ko‘payishiga sabab bo‘ladi», — deydi Mirazimov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!